08 may 08:04
Yangiliklar
Tennis
Endi Marrey 2005 yildan beri ilk bor "CHellenjer" g'olibi bo'ldi
Jahonning 52-raketkasi, britaniyalik Endi Marrey Eks-an-Provansdagi (Franciya) "CHellenjer" turnirida chempionlikni qo'lga kiritdi.
U turnir finalida ATR reytingida 17-pog'onani egallab turgan amerikalik Tommi Polni mag'lub etdi - 2/6, 6/ 1, 6/2. Uchrashuv 1 soatu 55 daqiqa davom etgan. Ushbu g'alaba orqali britaniyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni tenglashtirdi – 1:1.
SHu tariqa, Marrey faoliyatidagi uchinchi va 2005 yildan beri birinchi "CHellenjer"da bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Bu uning 2016 yilda Rimdagi "Masters" musobaqasida g'alaba qozonganidan beri grunt kortdagi birinchi unvoni.
Franciyadagi musobaqada g'olib chiqqani uchun Marrey 175 reyting ochkosi va 27 155 evro mukofot puliga ega bo'ladi. Bugun elon qilinadigan reytingida u 42-o'ringa ko'tariladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar