31 iyu 15:50
Yangiliklar
Tennis
Endi Marrey bilan bir soat tennis o'ynash huquqi yaxshigina pulga sotildi
ATP pandemiya sababli ishsiz qolgan murabbiylarga pul jamg'arish uchun aukcion tashkil qildi.
Aukcionda sayyoramizning sobiq birinchi raqamli tennischisi Endi Marrey bilan bir soat tennis o'ynash huquqi 50 ming dollarga sotildi. Bundan tashqari lot g'olibiga “Uimbldon”ning kelasi yilgi final uchrashuviga ikkita chipta taqdim etildi. SHunindek, aukcionda Sten Vavrinka bilan birgalikda ikki soat mashg'ulot olib borish imkoniyati ham 27 ming dollarga sotildi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar