20 okt 17:25
Yangiliklar

Endi Marrey bu mavsumdagi eng uzoq davom etgan uchrashuvida g'alaba qozondi
Jahonning 172-raketkasi, britaniyalik Endi Marrey Antverpendagi turnirda ATP reytingida 48-o'rinni egallab turgan amerikalik Frensis Tiafoni mag'lub etdi.
3 soatu 45 daqiqa davom etgan murosasiz uchrashuvda jahonning sobiq birinchi raketkasi Marrey 23 yoshli Tiafoni 7/6(2), 6/7(7), 7/6(8) hisobida mag'lub etdi. Bu o'yindvn avvval sportchilarning o'zaro uchrashuvlari hisobi 1:1 edi.
Marreyning Evropa Ochiq chempionatidagi navbatdagi raqibi argentinalik Diego SHvarcman bo'ladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar