04 fev 12:35
Yangiliklar
Tennis
Endi Marrey Dubay va Doxadagi turnirlarda ishtirok etadi. Unga "Wild Card" berildi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Endi Marrey Doxa (Qatar) va Dubay (BAA)da tashkillashtiriladigan musobaqalarda ishtirok etadi.
Tashkilotchilar britaniyalik tennischiga "Wild Card"ni taqdim etishdi. Avvalroq, Marrey keyingi haftada Rotterdamda start oladigan turnirga taklif etilgandi.
Doxadagi musobaqa ATP 250 doirasida 14-19 fevral oralig'ida, Dubaydagi musobaqa esa ATP 500 turkumida 21-26 fevral oralig'ida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar