29 dek 12:20
Yangiliklar
Boshqalar
Endi Xitoyda doping jinoiy jazolanadi
2021 yil 1 martdan boshlab sportda doping bilan bog'liq qoidabuzarliklar Xitoyda jinoyatlar ro'yhatiga kiritiladi, deb habar qiladi "Sinxua" axborot agentligi.
Sohadagi jinoyatlar uchun mamlakat fuqarosiga jarima solinib, u uch yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. SHuningdek, sportchilarni aldov yo'li bilan taqiqlangan moddalarni istemol qilishga majburlagan shaxslarga ham jazo tayinlanishi belgilangan.
Doping tashkilotchilariga esa undanda qatiy jazo ko'zda tutilgan. Tegishli xujjat Butunxitoy xalq vakillari qurultoyi (Xitoy oliy qonunchilik organi) tomonidan qabul qilindi.
Havola :
Manba : antidopinguz
Fikrlar