07 may 14:50
Yangiliklar
Entoni Joshua Usikdan qochmaydi
Britaniyalik jahon chempioni o'z intervyusida birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang qilishga tayyor ekanligini malum qilgan. Lekin buning uchun Usik WBO chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanishi shart.
“SHubhasiz, men u bilan jang qilishga tayyorman. Men hech kimdan qochmayman va qo'rqmayman. Faqat buning uchun Usik rasmiy davogar maqomini qo'lga kiritishi lozim. SHundagina biz ringda o'zaro to'qnash kelamiz”, - degan Joshua.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik 25 may kuni superog'ir vazn toifasida debyut jangini o'tkazadi. U shu kuni Karlos Takamga qarshi ringga ko'tariladi. WBO qoidalariga ko'ra boshqa vazndan o'tgan bokschi kuchli raqibga “vyzov” tashlash huquqiga ega.
Fikrlar