11 may 20:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Erali Octagon 72 turnirida tojikistonlik blogerga qarshi MMA jangini o'tkazdi, bahs to'liq davom etdi
"Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 turniri davom etmoqda.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli bloger Erali Boyqobilov tojikistonlik Bobochoni "Rodnoy" Xolmurod bilan jang qildi.
Bellashuv MMA qoidalari asosida kechdi.
3 raund etib mo'ljallangan jang to'liq davom etib, yakunda ochkolar hisobiga ko'ra hamyurtimiz o'z g'alabasini nishonladi.
Bu har ikki kichik bloger uchun MMAdagi debyut jangga aylandi. Bungacha Erali o'tgan yili boks jangida Abdurozik bilan durang qayd etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar