01 may 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Erali Toshkentda tojikistonlik blogerga qarshi jang o'tkazadi + POSTER
Xabaringiz bor, 11 may kuni poytaxtimizda OCTAGON 72 turniriga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilarning xabar berishicha, ushbu turnir kardiga o'zbekistonlik bloger Erali Boyqobilov hamda Rodnoi nomi bilan tanilgan tojikistonlik Bobochoni Xolmurod o'rtasidagi jang ham qo'shildi. Ushbu jang MMA formatida 3 daqiqadan 3 raund etib belgilandi va ko'rgazmali maqomda bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan Social Knockout 3 turniri doirasida Erali Boyqobilov tojikistonlik bloger Abdurozikka qarshi boks qoidalari asosida jang o'tkazgan edi. O'shanda 4 raund to'liq davom jangda garchi Erali ustunlikka erishgan bo'lsa-da, hakamlar durang natija qayd etilganini elon qilishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar