20 jan 09:30
Yangiliklar
Futbol
Erkinov va "Al Vahda" Challenge Cup'ni qo'lga kiritdi
BAA/Qatar Superkubogi finali doirasidagi "Al Vahda" - "Al Vakra" o'yini bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada 4 ta BAA, 4 ta Qatar jamoasi ishtirok etdi. Unda 4 ta final o'tkazilgan bo'lib, jamoalar Challenge Shield, Super Shield, Challenge Cup va Super Cup uchun kurash olib borishdi.
"Al Vahda" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Hojimat Erkinov o'yinni to'liq o'tkazdi. Hamyurtimiz penaltilar seriyasida gol ura olmadi, ammo yakunda "Al Vahda" bu seriyada g'olib chiqdi.
BAA/Qatar Superkubogi finali. Challenge Cup
"Al Nahyan Stedium", Abu Dabi
"Al Vahda" — "Al Vakra" 1:1 (penaltilar seriyasi bo'yicha — 5:4)
Gollar: Omar Harbin (61) — Aissa Laduni (26).
Havola :
Fikrlar