2025 yilda Erling Xoland o'z klubi safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Erling shuningdek, 2025 yilda Norvegiya terma jamoasi safida o'tkazgan barcha 10 ta o'yinida gol urishga erishgan. Hujumchi jami 17 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Bu gollar Norvegiya terma jamoasiga 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishga yordam berdi.

Fikrlar