26 noy 12:40
Yangiliklar
Futbol
Eron jamoasi Superliganing eng yaxshi futbolchilaridan birini sotib olishi mumkin
Eronning "Sepaxon" klubi vinger qidirmoqda.
Eronliklarga agentlar tomonidan Lyupche Doriev taklif qilingan. Agar Eron klubi Doriev bilan shartnoma imzolashni istasa, "So'g'diyona" klubidan sotib olishi lozim.
Eslatib o'tamiz, Doriev 2023 yildan beri Jizzax jamoasida to'p suradi. Uning shartnomasi kelasi yilning oxirida yakunlanadi. Vinger joriy mavsum Superligada 29 ta o'yinda ishtirok etdi va 16 ta gol urdi va 9 ta golga assistlik qildi.

Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar