25 apr 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga boks. Jangchilar vazn o'lchash marosimiga niqoblarda kelishdi (FOTO+VIDEO)
Ertaga uzoq tanaffusdan so'ng Nikaraguada boks oqshomi tashkil etladi.
Bugun jang kechasi ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Kechaning markaziy to'qnashuvida Robin Samora (15-7, 8 KO) Ramiro Blankoga (18-7-3, 10 KO) qarshi jang qiladi.
Bu bokschilar uchun revansh to'qnashuv bo'ladi. O'tgan yilgi jangda Samora ikkinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Qizig'i, bugun o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida bokschilar va tashkilotchilarning barchasi tibbiyot niqobida edilar.
Jang oqshomida muxlislar ham bo'lishi kutilmoqda. Tomoshabinlar orasidagi masofa bir metr bo'ladi. Ular arenaga kirayotganida harorat o'lchovidan o'tishadi, shuningdek qo'llari va oyoq kiyimlari dezinfekciya qilinadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar