21 sen 10:21
Yangiliklar
Ertaga G'oibnazarov ringga chiqadi, bugun tarozidan o'tish marosimi
Hamyurtimiz AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida faoliyatidagi uchinchi jangida ringga ko'tariladi. Uning raqibi meksikalik Viktor Rosas bo'ladi. Jang 8 raundga belgilangan.
10 oktyabr kuni 30 yoshga to'ladigan Rosas profi ringda
15 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 9 tasida g'alabaga erishgan. Uchta jangini
nokaut bilan yakunlagan. Mag'lubiyatlari soni 6 ta. Bir bor nokautga uchragan. Fazliddin
esa har ikkala jangida zafar quchgan.
Eslatib o'tamiz, G'oibnazarov mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bayrog'i ostida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Malumot uchun, u so'nggi jangini 20 may kuni Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida o'tkazib, amerikalik Agustin Maurasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar