30 may 09:52
Yangiliklar

Ertangi UFC kechasining barcha juftliklari taroziga chiqdi + FOTO
Bugun tongda turnir ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Markaziy jang yarim o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Tayron Vudli hamda so'nggi beshta jangida g'alaba qozonib kelayotgan Gilbert Berns o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi ham bir xil vazn qayd etishdi - 77,3 kg.
Oqshomning anderkard jangi esa og'ir vaznda o'tkaziladi va unda bolgariyalik Blagoy Ivanov hamda braziliyalik Augusto Sakai o'zaro to'qnash kelishadi. Ivanov 115,9 kg, Sakai esa 117,7 kg tosh bosdi.
Barcha juftlikning tarozi natijalari:
Tayron Vudli (77,3 kg) — Gilbert Berns (77,3);
Blagoy Ivanov (115,9) — Augusto Sakai (117,7);
Geyb Grin (77,3) — Daniel Rodriges (77,1);
Ruzvelt Roberts (70,7) — Brok Uiver (71,4);
Makkenzi Dern (52,3) — Xanna Sayfers (52,3);
Ketlin CHukagyan (57,1) — Antonina SHevchenko (56,9);
Spayk Karlayl (68) — Billi Karantillo (67,8);
Klidson Abreu (93,4) — Jamal Xill (93,2);
Tim Elliott (57,1) — Brendon Royval (56,9);
Keysi Kenni (61,7) — Luis Smolka (61,7);
Kris Gutierres (66) — Vins Morales (66).
Fikrlar