30 may 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertangi UFC oqshomining markaziy jang ishtirokchilari taroziga chiqdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida karantin davridagi hisob bo'yicha to'rtinchi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Bugun UFC Fight Night oqshomi ishtirokchilari ananaga muvofiq tarzda tarozidan o'tish marosimida qatnashishdi. Kechaning markaziy jangi liganing yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli hamda Gilbert Byorns o'rtasida bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, har ikki jangchi ham bugungi tarozi marosimida bir xil vazn qayd etishdi — 77,3 kg.
Havola :
Fikrlar