So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

10 apr 14:44
Yangiliklar

Boshqalar

Eshitdik-da! Ravshan Ermatov - MOQ raisining birinchi o'rinbosari

Teglar :  Ravshan ErmatovMOQ
Tugatilgan O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ravshan Ermatov endi Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Bugun biroz avval Termizda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun Al-Hakim- At-Termiziy xalqaro turniri starti oldidan o'tkazilgan anjumanda moderatorlik vazifasini bajargan Xalqaro press klub raisi SHerzod Qudratxo'jaev ham Ravshan Ermatovni MOQ raisi o'rinbosari deb tanishtirgan.     

Xabaringiz bor, O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi tugatilib, uning o'rnida O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan yangi vazirlikka Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov tayinlanadi. Ulug'bek Azamov turizm va sport vazirining birinchi o'rinbosari, Abdulaziz Aqqulov, Avazjon Karimov va Zarif Kazakovlar vazir o'rinbosarlari lavozimlariga tayinlanadi.

Avazjon Karimov shu kungacha O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Demak, bu mutaxassis nomi o'zgartirilgan vazirlikdagi faoliyatini davom ettiradi. Ro'yxatda Ermatovning ism-sharifi keltirilmagan va u tez orada rasman Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonovning birinchi o'rinbosari sifatida ish boshlaydi.   

Bizga xabar berishlaricha, kelayotgan yangi haftada MOQda tashkil etiladigan Assambleya yig'ilishida Ravshan Ermatov keng sport jamoatchiligiga rasman tanishtiriladi. Ermatov parallel ravishda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing