23 avg 10:54
Yangiliklar
Tennis
Eshli Barti Cincinattida $255,220 va 900 ochko ishlab oldi
AQSHning Cincinatti shahrida o'tkazilgan ayollar o'rtasidagi "Premera" turkumidagi nufuzli musobaqa avstraliyalik Eshli Bartining triumfi bilan yakunlandi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda WTA reytingining 76-pog'onasidan joy olib turgan shveycariyalik Jil Taymanni 6/3, 6/1 hisoblarida taslim etdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Barti 8 ta, 24 yashar Taymann esa 2 ta eys zarbani ijro etdi. Western & Southern Open turniridagi ishtirok Bartiga 900 reyting ochkosi hamda 255,220 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Fikrlar