13 avg 19:58
Yangiliklar
Kudermetova Cincinnati Open saralashi finaliga yo'l oldi
Nufuzli musobaqaning saralash bahslarida O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova ham ishtirok etyapti. Vakilamiz saralashning 1/2 finalida AQSH sharafini himoya qilayotgan Kerol Yan Su Liga qarshi murakkab uchrashuv o'tkazdi. Ikki soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda Polina 6/4, 6/7(5), 6/4 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 103, Li 165-o'rinni egallab turibdi. Har ikki tennischi 4 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar mezbon sportchida ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bugun birozdan so'ngi Kudermetova asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final bahsida dunyoning 96-raketkasi xitoylik Van Siyuyga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar