18 avg 11:33
Yangiliklar
Tennis

Cincinnati Open. Iga Svyontek qozoq tennischini taslim etdi
AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib turgan Iga Svyontek turnirning 1/2 finalida WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakinani ikki setda mag'lub etdi - 7/5, 6/3. Tennis malikalarining o'zaro uchrashuvlarida Iga oldinda bormoqda - 6:4.
Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 7, Ribakina 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar bo'yicha ustunlik bir xil ko'rsatkichda Iga foydasiga hal bo'ldi - 3 ga 1. Polshalik tennischi Cincinnati Open bosh sovrini uchun kortga chiqadi. U WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirlarda 13-marotaba final uchrashuvini o'tkazadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar