So’nggi yangiliklar

16:26UFC жангчиси Махачев - Царукян жанги учун тахминини айтди 0 16:03Бектемир Мелиқўзиев: "Сергей Деревянченко билан жанг қилишим мумкин эди" 0 15:41"Реал" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи 0 15:20Сауль Альварес билан жанг қилиш учун асосий даъвогар номи маълум қилинди 0 14:58Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанг санаси аниқ бўлди 0 14:37Президент қарорига мувофиқ Урганч дзюдо маҳорат мактаби қурилмоқда + ФОТО 0 14:16"Навбаҳор"нинг икки футболчиси жамоани тарк этди 0 13:55Хабиб Умар Нурмагомедовга мурожаат қилди 0 13:34Лицензиат камончиларимиз Тошкентда йиғин ўтказишмоқда 0 13:13Жон Жонс қачон жанг қилишини айтди 0 12:52Тьери Анри бошчилигидаги Франция ОТЖнинг таркиби эълон қилинди 0 12:31Рой Жонснинг қайси қўшиқчига қарши жанг қилиши аниқ бўлди 0 12:10Уимблдон. Новак Жокович уч соатлик учрашув ўтказди 0 11:49Дзюдочиларимиз Осиё Кубогининг илк куни 15 та медаль қўлга киритишди, 5 таси олтин + ФОТО 0 11:28Ўзбекистон кубоги. Бугун "Навбаҳор" ўйнайди 0

29 sen 14:33
Yangiliklar

Futbol

Estoniyada to'p tepayotgan legionerimiz jamoasi haqida nimalarni bilamiz?

O'zbekistonlik himoyachi Abubakir Mo'ydinov faoliyatini Estoniya Meistriligasi vakili “Tulevik Vilyandi” klubida to'p surmoqda.

 Quyida ushbu jamoa haqida ayrim malumotlarni taqdim qilamiz. 

Qachon tashkil topgan?

Uzoq tarixga ega bo'lgan “Tulevik Vilyandi” 1912 yilda tashkil topgan. Bir yildan so'ng Vilyandi ko'li bo'yida qurilgan “Vilyandi” stadionida to'p sura boshlagan. Birinchi jahon urushi tufayli ushbu jamoa 1927 yilga qadar faoliyatini to'xtatgan. 1937 yildan boshlab esa Estoniya “B” klass mintaqaviy chempionatida g'olib bo'lgan. 1940 yilda esa Sovet Ittifoqi Estoniyani bosib olganidan so'ng, jamoa butunlay tarqatilib yuborilgan. 

1977 yilda esa jamoa “Vilyandi Linnameskond” nomi bilan qayta tashkil topdi. Oradan to'rt yil o'tib esa Estoniya oliy chempionatiga ko'tarildi va o'n ikki yil davomida yuqori ligasida to'p surgan. 1992 yilga kelib esa jamoa nomi “Tulevik” nomiga o'zgartirilgan. 

Bu jamoa 1998 yilda xalqaro maydonda dastlabki uchrashuvini UEFA Intertoto kubogida o'tkazdi va “Sent-Gallen”ga imkoniyatni boy berib, musobaqani birinchi davra saralash bahsidayoq tark etadi. 1998-1999 yilda Estoniya kubogi finaliga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda “Levadiya”ga yutqazib qo'ygan. 2016 yilda esa Estoniya quyi ligasida 2016 yilda g'alaba qozonib, Meistriligaga yo'llanma olgan. 

Stadioni haqida

Hozirda jamoa 2010 yilda qayta tamirlangan “Vilyandi Linnastadioni”da to'p suradi. Umumiy sig'imi 1084 nafar muxlisga mo'jallangan stadion mamlakatdagi eng yaxshi o'yingohlardan biri hisoblanadi. 

Legionerlari

“Tulevik Vilyandi” jamoasida bugungi kunda 6 nafar legioner futbolchi to'p suradi. Hamyurtimiz Abubakr Mo'ydinovdan tashqari, 4 nafar nigeriyalik hamda 1 nafar kamerunlik futbolchilar to'p surmoqda. Aytish kerak, klubdagi barcha legionerlar yosh futbolchilar hisoblanadi. 

Kazeem Bolaji 

Fuqaroligi: Nigeriya

Tug'ilgan yili: 2020 yil 13 dekabr

Ampluasi: yarim himoyachi


Ganiu Ogungbe

Fuqaroligi: Nigeriya

Tug'ilgan yili: 1992 yil 1 dekabr 

Ampluasi: himoyachi


Ridvan Babatunde

Fuqaroligi: Nigeriya

Tug'ilgan yili: 2001 yil 5 may

Ampluasi: himoyachi


Arch Mintongo

Fuqaroligi: Kamerun

Tug'ilgan yili: 2002 yil 10 aprel

Ampluasi: yarim himoyachi


Paul Odunayo Aderibije

Fuqaroligi: Nigeriya

Tug'ilgan yili: 2002 yil 13 iyun

Ampulasi: hujumchi


Abubakr Mo'ydinov to'g'risida

21 yoshli hamyurtimiz bu jamoada asosan himoyada to'p tepmoqda. Aslida u vinger va hujumchi sifatida BAA va Portugaliya klublarida harakatlangan. Portugaliyaning “Leixoes” klubining 23 yoshgacha bo'lgan jamoasida bir muddat o'ynaganidan so'ng u erkin agent sifatida 2021 yilning 3 aprel kuni “Tulevik” bilan shartnoma imzoladi. Bu klubda hozirgacha 11ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marotaba to'p yo'lladi. 

"Eldor SHomurodovning ortidan ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar Evropa klublari nazariga tushmoqda". Estoniyada to'p tepayotgan Abubakr Mo'ydinov bilan intervyu

Malumot uchun

“Tulevik Vilyandi”

Tashkil topgan yili: 1912 yil 23 sentyabr

Stadioni: Vilyandi Linnastadion (1,084 nafar sig'imiga ega)

Prezident: Raiko Mutle

Bosh murabbiy: Yaanus Reitel

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing