23 avg 18:00
Yangiliklar
Futbol

Eze "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi
"Arsenal" va "Kristal Pelas" Eberechi Ezeni "kanonirlar" safiga qo'shib olish uchun barcha kerakli hujjatlarni imzoladi.
Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano xabar bermoqda.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, bitim tuzilgan. Transfer qiymati taxminan 69 mln evroni tashkil etgan.
Avvalroq, Romano agar tomonlar barcha hujjatlarni imzolashga ulgursa, Eze shanba kuniyoq "kanonirlar" safida o'ynashi mumkinligi haqida xabar bergandi. Bugun "Arsenal" APL 2-turida "Lids"ni qabul qiladi.
Havola :
Fikrlar