So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

07 okt 18:18
Yangiliklar

Futbol

"Fabio futbolchi va murabbiy sifatida katta tajribaga ega" – xorijlik mutaxassislar munosabati

Teglar :  Fabio Kannavaro
Fabio Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishiga xorijlik mutaxassis va jurnalistlar o'z munosabatini bildirdi.

Futbol agenti Silvano Martino:

"Men Fabioni futbolni eng yuqori darajada o'zlashtirgan o'yinchi sifatida bilaman. Bundan tashqari, u murabbiy sifatida ham yaxshigina tajribaga ega. U Italiyadan tashqarida ko'p ishlagan. Qiyin sharoitlarda ham faoliyat olib borgan. Uning yangi jamoani qanday his qilishi juda muhim. Muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi o'yinchilar va jamoaviy ruh kerak".

Jurnalist Adriano Ankona:

"Menimcha, bu yaxshi tanlov. Italiyada u ikki yil oldin "Udineze"ni qutqarib qolgan edi. Bu voqea esda qolarli bo'lgandi. Fabioning ishini davom ettirmagani uning aybi emas".

"Fiorentina" sobiq darvozaboni Sebastyan Frey:

"Fabioda futbolchilik faoliyatida ulkan va murabbiy sifatida yaxshi tajriba shakllangan. Menimcha, bu jihatlar eng muhimi hisoblanadi. U bu tajribani o'yinchilar bilan baham ko'rishi va ularga o'z kuchiga ishonch uyg'otishi mumkin".

Mashhur murabbiy va futbolchi Valter Novellino:

"Men uni juda yaxshi inson sifatida bilaman. Fabio hozircha murabbiy sifatida katta yutuqlarga erishmagan bo'lsa-da, uning oldida katta imkoniyatlar mavjud. Muhimi, u futbolchilik faoliyatida buyuk murabbiylar bilan ishlagan. U o'yinchilarga ko'p narsalarni o'rgatishi va ularni o'ziga ishonishga undashi mumkin".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing