25 jan 10:50
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Bu yig'in chempionatdagi barcha futbolchilarga signal bo'lishi kerak"
Murabbiylar shtabi mazkur yig'in orqali terma jamoaga nomzod boshqa futbolchilarni ko'rib olishni maqsad qilgan. "Oq bo'rilar" ustozi Fabio Kannavaro bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men bu futbolchilarning barchasini ko'rganman, juda yaxshi bilaman. Ha, terma jamoada yangi murabbiyman. Ularning imkoniyatidan xabardor bo'lishimga qaramasdan, mazkur yig'inda imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib olamiz.
Bu yig'in chempionatdagi barcha futbolchilarga o'ziga hos signal bo'lishi kerak. Bir yil davomida bizni Jahon chempionati, Osiyo Kubogi kutmoqda. SHu bois chempionatdagi barcha futbolchilar tayyor bo'lishi zarur. Ular bilishi kerakki, terma jamoaga nomzod futbolchilar kuzatuv ostida",- deydi italiyalik murabbiy.
- U-23 Osiyo Kubogida o'yinlarni kuzatdingiz. Maqsad terma jamoaga futbolchilarni taklif qilish edimi?
- Men barcha uchrashuvlarni stadiondan tomosha qilishga harakat qilaman. U-23 terma jamoasidagi futbolchilarni ham bilaman. O'yinlarni jonli tomosha qilish futbolchilar haqida ko'proq malumot beradi.
Fikrlar