05 fev 19:15
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Futbolchi 17–19 yoshda tayyor bo'lsa, MTJga chaqirilishi lozim. Nega ularni U-21, U-23 jamoalarida qoldirishimiz kerak?"
"Oq bo'rilar" ustozi bu yig'inda bir qator yangi nomlarni sinovdan o'tkazdi. Ular orasida Samandar Muratbaev va Behruz Karimov kabi yoshlar ham bor edi. Fabio Kannavaro bu haqda O'FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida gapirdi.
"Gap yoshda emas, sifatda. Futbolchining necha yoshga kirganini emas, istedodi va jangchi sifatidagi xarakteri muhim. Futbolchi 17-19 yoshda tayyor bo'lsa, milliy jamoaga jalb qilinishi kerak. Nega ularni yoshi kichik deb, U-21, U-23 jamoalarida qoldirishimiz kerak?
Agar qaysidir o'yinni ko'rgani borsam, bu shunchaki tashrif emas. Men futbolchini o'z ko'zim bilan real vaziyatdagi harakatlarini ko'rishni istayman. Safarda bo'lsam ham stadionlarga borishni yaxshi ko'raman. O'yinni jonli ko'rishga hech narsa etmaydi. Uyda o'tirib, ketma-ket bir nechta videoni ko'rish men uchun zerikarli. Men stadionga borib futbolchini bevosita kuzatgim keladi, chunki kichik detallarni video orqali ko'ra olmaysiz. Aynan o'sha mayda jihatlar keyinchalik muhim bo'lib chiqadi", – deydi Kannavaro.
Fikrlar