06 fev 11:22
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Har bir futbolchi o'zini milliy terma jamoaning bir qismi bo'lishini his qilishi zarur"
Italiyalik mutaxassis mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inining ahamiyatini tushuntirib berdi.
"Bu yig'in men va shtabim uchun juda muhim edi. Oxirgi 4 oy davomida ichki chempionatdagi juda ko'plab o'yinlarni kuzatdik. Ko'plab futbolchilarni ko'rdik va bu yig'in bevosita ular bilan ishlash imkoniyatini berdi. Men har bir futbolchi bilan alohida gaplashdim, chunki ularning ham fikrini bilishni istayman. Oldimizda Jahon chempionati va Osiyo Kubogi borligini, demak hamma tayyor turishi kerakligini takidladim. Har bir futbolchi o'zini milliy terma jamoaning bir qismi bo'lishini his qilishi zarur. Futbolda hamma narsa tez o'zgaradi, jarohatlar bo'lishi ehtimoldan yo'q emas. Jahon chempionatida qatnashish uchun hammada imkoniyat borligini tushunishlari kerak. Menimcha, mazkur yig'in futbolchilar uchun juda foydali bo'ldi",- deydi Kannavaro.

Fikrlar