27 sen 12:39
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarovning raqibi o'zgardi, u rossiyalik bokschi
Mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi bo'lgan hamyurtimiz 22 sentyabr kuni AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida meksikalik Viktor Rosasni 80:72, 80:72, 80:72 hisobida mag'lub etgandi.
G'oibnazarov faoliyatidagi hisob bo'yicha to'rtinchi
jangida 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi o'z bag'riga 5 500 tomoshabinni
sig'dira oluvchi muhtasham Madison Square Garden arenasida ringga ko'tariladi.
Avvalroq, uning raqibi meksikalik Aleksis Del Boske bo'lishi haqida xabar bergan edik. Lekin bugun Fazliddinning raqibi o'zgardi. U rossiyalik Andrey Klimovdir. 35 yoshli bu bokschi profi ringda 23 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 19 tasida g'alaba qozongan. To'rtta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Etiborlisi, Klimov mag'lubiyatlaridan 3 tasini
ketma-ket oxirgi janglarida qabul qilib olgan. Yani, u so'nggi 3 ta jangida
mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Malumot uchun, 9 dekabr kungi boks oqshomining
markaziy jangi Vasiliy Lomachenko ishtirokida o'tkaziladi. Ukrainalik 29 yoshli
bokschi kubalik 36 yoshli Gilermo Rigondoga qarshi ringga ko'tariladi. Jang birinchi
engil vazn (59 kg) toifasida o'tkazilib, o'rtaga Lomachenkoga tegishli WBO
chempionlik kamari qo'yiladi.
Fikrlar