22 sen 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning Rozasga qarshi jangi qachon boshlanishi malum
Xabaringiz bor, Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini meksikalik raqibiga qarshi o'tkazadi.
Viktor Rozasga qarshi bo'lib o'tadigan jang Toshkent vaqti bilan 23 sentyabr kuni tongda, soat 05:00da boshlanishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarov bungacha professional boksda ikkita jang o'tkazgan va ikkisida ham g'alaba qozongan.
Viktor Rozas esa 15 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Malumot uchun, jang ESPN telekanali tomonidan translyaciya qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar