So’nggi yangiliklar

17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0

12 may 10:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddinning murabbiyi bugungi mag'lubiyat haqida gapirdi

Xabar berganimizdek, bugun tongda professional bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.

Fazliddinga sakkizinchi jangida amerikalik Maykl Foks raqiblik qildi. O'n raund to'liq davom etgan jangda bokschimiz 92:96, 92:96, 93:95 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Bu G'oibnazarovning professional boksdagi ilk mag'lubiyati edi. SHu yilning fevral oyida yana bir charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev aynan Maykl Foksni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Bugungi jangdan so'ng Fazliddinning murabbiyi, ham havaskor, ham prof boksdagi faoliyati davomida shogirdining yonida bo'layotgan Abror Tursunpo'latov saytimiz uchun o'z fiklarini bayon etdi. 

"Balki, bugungi mag'lubiyat yaxshilikkadir. Lekin umumiy olganda, Fazliddin bugun mag'lubiyatga munosib emasdi. Dastlabki uchta raund Fazlining foydasiga hal bo'ldi. Hammasi rejamiz asosida ketayotgandi. 

Ammo, to'rtinchi raundda referi bokschimizga ogohlantirish berdi. Foksning bo'yi ancha baland bo'lgani uchun uning o'zi klinchga kirib, Fazliddinni quchoqlab olaverdi. SHogirdim har safar chiqib ketishga harakat qildi. 

Keyingi ikkita raundda taktikani o'zgartirib, biz biroz tempni tushirdik. Odatda professional boksda shunday yo'l tutiladi. Biroz nafas rostlab olib, keyin to'liq kuch bilan hujumga o'tiladi. 

To'qqizinchi raundga kelganda, men Fazliga raqibni faqat yiqitish evaziga mag'lub eta olishini aytdim. CHunki, teng kurashlar ostida kechayotgan janglarda hakamlar g'alabani hamisha mezbon bokschiga berishadi. 

SHunda Fazliddin, Abror aka, raqibning bo'yi haddan ziyod baland, zarbam manzilga etib bormayapti, dedi. Nachora, yakunda men o'ylagandek bo'lib chiqdi. Hakamlar durangga tortadigan jangda g'oliblikni mezbon bokschiga taqdim etishdi. 

Foks bundan avvalgi jangida SHohjahonga yutqazgandi. Ergashevning ustun tomonlaridan biri Maykldan bo'y borasida juda ham past emasdi. Fazliga aynan bo'y tafovuti ham pand berdi. 

Men jang yakunlanishi bilan TOP Rank menejeri bilan gaplashdim. Bizga yanada kuchliroq berishlarini so'radim. Tavakkal qilib, kuchli raqib bilan jang o'tkazishimiz kerak. SHunda reytingda tezda yuqorilab, chempionlik jangi uchun imkoniyat yuzaga keladi", - dedi saytimizga bergan eksklyuziv intervyusida Fazliddinning murabbiyi.  

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing