So’nggi yangiliklar

09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0

31 dek 07:23
Yangiliklar

Dzyudo

Federaciyada hududiy bo'limlar va dzyudo klublari faoliyati tahlil qilindi

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda bir qator muhim masalalar muhokama qilinib, yangi 2025 yilgi dzyudo mavsumi rejalari ko'rib chiqildi. Yig'ilishda federaciya raisi o'rinbosarlari Zafar Qahramonov va Atabek Ismailov ham ishtirok etdi.  

Dastlab rais yordamchisi Alisher Arziqulov Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami 14 ta dzyudo sport klublarining 2023-2024 yillardagi faoliyati haqida batafsil malumot berdi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi va homiy tashkilotlar hamkorligida bunyod etilgan engil konstrukciyaga ega sendvich panelli dzyudo zallarida faoliyat yuritayotgan klublar tomonidan 2023-2024 yillarda jami 55 ta oltin, 67 ta kumush, 116 ta bronza medali qo'lga kiritilgan. 

Ochilganiga hali ko'p bo'lmaganini inobatga olsak, bu yaxshi natija ekani oydinlashadi. Bu borada eng ko'p medallar ulushi poytaxtimizning SHayhontohur tumanidagi 102-umumtalim hududidagi dzyudo klubiga tegishli. Ushbu klub dzyudochilari xalqaro arenalarda 35 ta oltin, 33 ta kumush, 54 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Bu yo'nalishda Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Farg'ona viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida ko'rsatkichlar yaxshi emas. 

Ushbu klublar turli yosh toifasida o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston chempionatlari va Kubok bahslarida ham shohsupaga ko'tarilshni boshladi. Yani, 3-4 yil avval ekilgan nihol mevaga kirdi. 2023-2024 yillarda jami 25 ta oltin, 28 ta kumush, 36 ta bronza medali qo'lga kiritilgan. Buxoro va Jizzax viloyatlaridagi dzyudo klublarida ishlar hozircha yaxshi emas. 

SHundan so'ng Federaciyaning hududlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Baxtiyor Yuldashev ikki yil davomida viloyatlar kesimida olib borilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar haqida malumot berdi. Bu yil kichik yosh toifasidagi mamlakat birinchiligi Farg'onada, kadetlarniki Qarshida, yoshlarning respublika chempionati Termizda, kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati esa Jizzax shahrida tashkil etildi. 

2024 yil hisobidan O'zbekiston chempionatlari va Kuboklari hamda xalqaro musobaqalarda eng ko'p medal ulushi Xorazm viloyatiga tegishli. Xorazmlik dzyudochilar jami 168 ta medal qo'lga kiritishdi. Xorazmdan Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori (Alisher Yusupov) chiqdi. Aksincha, eng kam medal Andijon viloyatiga tegishli bo'ldi - 11 ta. 

Azizjon Kamilov oqsayotgan viloyatlarda ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha topshiriq berdi. SHuningdek, yig'ilish davomida 2025 yilgi rejalar ham muhokama qilib olindi. Bu bo'yicha ham tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing