21 mar 11:50
Yangiliklar
Tennis

Federer Agassiga tegishli rekordni yangiladi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer “Masters” turnirlari bo'yicha amerikalik afsonaviy raketka ustasi Andre Agassining rekordini yangiladi.
Rojer yakshanba kuni yakuniga etgan Indian-Uellsdagi “Masters” seriyasiga kiruvchi BNP Paribas Open turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi. Bu uning faoliyatidagi “Masters” turnirlaridagi 25-tituli edi.
Federer “Masters”dagi ilk sovrinini bundan 15 yil avval, aniqrog'i 2002 yili Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkazilgan turnirda qo'lga kiritgan edi. Agassining birinchi va so'nggi tituli orasidagi farq 13 yilni tashkil qilardi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar