21 sen 14:43
Yangiliklar
Tennis
Federer faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini tushuntirdi
41 yoshli Rojer Federer shu hafta oxirida "Leyver Kubogi"dan so'ng tennisdagi faoliyatini yakunlashini elon qilgan edi.
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 20 karra chempioni nima uchun faoliyatini yakunlashga qaror qilganini aytdi.
“Yumshoq qilib aytganda, so'nggi uch yil men uchun qiyin o'tdi. O'tgan yili "Uimbldon"da o'ynaganimda juda yupqa muz ustida yurganimni bilardim. Men qaytishga harakat qildim, lekin nima qila olishimning chegarasi bor edi. Rostini aytsam, ishonmay qoldim.
Hammasi yakunlanyotganini juda tez angladik. Keyin savol tug'ildi: qanday va qachon elon qilish kerak? O'shanda bu haqiqatga aylandi. Bu normal, lekin keskin holat edi ", - deya Rojerning so'zlarini keltiradi BBC.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar