06 may 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko faoliyatini yakunlashiga shama qildi
Rossiyalik afsonaviy MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko kelgusi faoliyati haqida berilgan savolga javob berdi.
Emelyanenko bu borada hali bir to'xtamga kelmaganini aytdi.
"Baribir yosh o'zinikini olar ekan. Organizm yosh o'tgani sayin kuchli yuklamalarni ko'tara olmaydi. Lekin faoliyatimni yakunlash haqida hali bir qarorga kelmadim. Hozir bor etiborim tiklanishga qaratilgan. Katta ehtimol bilan boshqa oktagonga chiqmasam kerak", - dedi Emelyanenko.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar