28 sen 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Fedor Emelyanenko: “Keyingi jangim kimga qarshi o'tkazilishini bilaman”
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Emelyanenko o'zining navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishini biladi.
Lekin Emelyanenko hozircha bu ism-sharifni oshkor qilmoqchi emas. Fedorning aytishicha, raqib jamoasi bilan muzokaralar ijobiy yakunlangach, bu haqda rasman elon qilinadi.
“Men raqibimni bilaman. Ammo, hozir buni oshkor qila olmayman. Jang katta ehtimol bilan AQSHda bo'lib o'tadi”, – dedi Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Fedor Emelyanenko yaqinda Bellator tashkiloti bilan shartnoma imzolagandi. U so'nggi jangida Mett Mitrionga bir necha soniyalar ichida nokaut evaziga mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar