18 apr 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson 5 kun ichida nima uchun 11 kg vazn tashlaganini aytdi
Xabar berganimizdek, amerikalik sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson 5 kun ichida 11 kilogrammdan ortiqroq vazn tashlashga muvaffaq bo'lgandi.
Fergyuson UFC 249 turniri bekor qilinganiga qaramay, o'zini qiynab vazn tashlagan edi. Buning sabablarini Toni shunday izohladi.
"Bu ishni faqat o'zim uchun qilganim yo'q. Oilam, homiylarim, jamoadoshlarim uchun amalga oshirdim. Jang o'tkaziladimi yoki yo'q, bu mening oldimdagi majburiyat va burchim edi", - dedi Fergyuson ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, kecha Toni Fergyuson ixtiyoriy ravishda tarozidan o'tgan va 70,3 kg vazn qayd etgandi. 13 aprel kuni esa u 81,1 kg tosh bosgandi.
Havola :
Fikrlar
Bilinadi xammasi
Lekin jang korsatadi natiyjasini