18 apr 07:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson 5 kun ichida qancha vazn tashlaganini aytdi
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson kecha tarozidan o'tdi va natijani "Instagram" sahifasiga joyladi.
Amerikalik jangchi o'z vazn toifasi uchun belgilangan limit, yani meyorni bajardi - 70,3 kg. Toni 5 kun ichida 11 kg vazn tashlashga muvaffaq bo'ldi. U dushanba kuni 81,1 kg vaznga ega edi.
Etiborga molik jihati shundaki, Toni Fergyuson UFC 249 turniri bekor bo'lishiga qaramay, jang belgilangan kuniga o'z vaznini meyor darajasiga etkaza olishini isbotladi. Toni Fergyuson - Xabib Nurmagomedov jangi aynan bugun, 18 aprel kuni o'tkazilishi kerak edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar
Farqi yoq janglar bekor boldi