28 apr 10:02
Yangiliklar

"Fergyuson - Nurmagomedov jangi hech qachon o'tkazilmaydi"
Ular orasida braziliyalik UFC jangchisi CHarlz Oliveyra ham bor. Uning aytishicha, Toni Fergyuson va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jang hech qachon o'tkazilmaydi.
"O'ylashimcha, Toni Fergyuson va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jang hech qachon o'tkazilmaydi. Har safar nimadir bo'lib qoladi, jangchilardan biri jarohat oladi. Bu safar esa koronavirus jangning bekor bo'lishini taminladi. Toni Fergyuson yosh jihatdan Xabibdan katta bo'lsa-da, hozir juda ajoyib sport formasida. Ketma-ket raqiblarini mag'lub etib kelyapti. Uning o'ziga xos jang uslubi bor. Jastin Getjini qiyin jang kutmoqda", - deydi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang 1 aprel kuni beshinchi marotaba bekor qilingan edi. Endi 9 may kuni Toni Fergyuson va Jastin Getji o'rtasida jang bo'lib o'tadi. Jang g'olibi esa Xabib Nurmagomedov bilan to'qnash keladi.
Fikrlar