30 mar 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson Xabibga: 18 aprelga hech qancha qolmadi, sen esa Rossiyada berkinib yuribsan!
Toni Fergyuson amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni Rossiyaga qochib ketganlikda aybladi.
Kuni kecha Rossiya hukumati 30 martdan barcha havo yo'llari yopilishini elon qilgandi. Bu xabarni eshitgan Nurmagomedov esa o'z jamoasi bilan AQSHdan Rossiyaga qaytgandi.
"18 aprelga hech qancha vaqt qolmadi. Sen esa Rossiyada berkinib yuribsan. Xatto havo yo'llariga qo'yilgan taqiq ham ham senga saboq berib qo'yishim uchun to'sqinlik qila olmaydi. O'zingni oqlashga, bahona topishga urinma", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Fergyuson.
Malumot uchun, 31 yoshli Nurmagomedov faoliyati davomida o'tkazgan 28 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. 36 yoshli Fergyusonda esa 25 g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Fikrlar