08 iyu 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ferrari" va "Honda Civic". UFC jangchisi Makgregor - Xollouey jangi haqida fikr bildirdi
UFC sobiq chempionlik kamari davogari va BMF kamari sohibi Xorxe Masvidal Konor Makgregor va Maks Xollouey o'rtasidagi revansh uchun o'z taxminini bildirdi.
"Menimcha, Maks bilan haqiqiy jang bo'ladi. Avval ham aytganman, men uning tarafidaman va bor narsamni unga tikaman. Ishonamanki, u bu jangni bir tomonlama ko'rinishga keltiradi. Jangning bir-ikki daqiqasidan keyin Maks tashabbusni to'liq o'z qo'liga oladi.
So'nggi besh yil davomida to'plangan tajriba va jismoniy holatni saqlab qolish eng muhim omil hisoblanadi. Bu qarama-qarshilik «Ferrari» bilan «Honda Civic» poygasiga o'xshaydi. Ammo agar «Ferrari»ning baki chorak qismigacha bo'sh bo'lsa, u har safar yutqazadi. Menimcha, Maks buning uddasidan chiqadi", — dedi Masvidal.
Havola :
Manba : UFC on Paramount+
Fikrlar