So’nggi yangiliklar

17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0

29 mar 19:46
Yangiliklar

Futbol

FIFA "Bunyodkor"ga ilk sankciyani qo'lladi

Teglar :  FIFABunyodkor
"Bunyodkor" futbol klubi Rivaldo oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida bajarmagani uchun jazolandi.

Malumotlarga qaraganda, bu ish yuzasidan "Bunyodkor" pochtasiga xabar kelib tushgan.

FIFA Tartib-intizom qo'mitasining 2024 yil 26 martdagi xatida klubga nisbatan xalqaro darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilgan. SHuningdek, milliy darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish ham taqiqlangan. 

FIFA Tartib-intizom qo'mitasining qaroridagi taqiq klubning asosiy va yoshlar jamoalarini qamrab oladi. 

Eslatib o'tamiz, FIFA tartib-intizom qo'mitasi "Bunyodkor" klubi va jamoaning sobiq o'yinchilari Rivaldo hamda Denilson o'rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo'yicha qaror qabul qilib bo'lgan. Unga ko'ra klub futbolchilarga deyarli 10 mln evro to'lab berishi lozim. Agar "Bunyodkor" majburiyatni bajarmasa, FIFA tomonidan navbatdagi sankciya bu ochkolar olib tashlanishi bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing