07 okt 10:17
Yangiliklar
Futbol

FIFA prezidenti yana bir bor O'zbekiston haqida fikr bildirdi
FIFA Prezidenti Janni Infantino o'zining rasmiy sahifasida O'zbekiston va FIFA U-20 Jahon chempionati mezbonligi bilan tabrikladi va 2024 yil mamlakatimizda o'tkazilgan futzal bo'yicha Jahon chempionatini eslab o'tdi.
"O'tgan yili bo'lib o'tgan FIFA futzal bo'yicha jahon chempionati finalidagi ishtirokim ajoyib xotiralar qoldirdi. O'sha musobaqada Braziliya jamoasi tarixda rekord darajada — oltinchi bor chempionlikni qo'lga kiritdi!
Turnirga O'zbekiston yuqori saviyada mezbonlik qildi — yaqinda esa mamlakat 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionati hammezboni sifatida elon qilindi. Mahalliy muxlislarning o'yindan olgan zavqi va futbolga bo'lgan muhabbatini ko'rib, juda xursand bo'ldim", - dedi Infantino.
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar