06 noy 13:41
Yangiliklar
Futbol
FIFA "Tinchlik mukofoti"ni tasis etdi
Jahon futbolining boshqaruv organi o'zining mukofotlari ro'yxatiga yangisini qo'shishga qaror qildi.
FIFA tomonidan elon qilingan bayonotda mukofotning mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilish va qitalar bo'ylab odamlarni birlashtirishga hissa qo'shganlarni taqdirlash uchun mo'ljallanganligi takidlangan.
Mukofot har yili beriladi va birinchi g'olib 2025 yil 5 dekabrda — 2026 yilgi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimida elon qilinadi.
Mukofotni tasis etish to'g'risidagi qaror FIFA prezidenti Janni Infantinoning jurnalistlarga Oq uy rahbari Donald Tramp tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanligi haqidagi so'zlaridan keyin qabul qilindi.
Amerika rahbarining o'zi ilgari ushbu xalqaro mukofotni olishga umid bildirgandi, ammo Nobel jamg'armasi qo'mitasi hali bu qarorga kelmadi.

Havola :
Fikrlar