12 sen 14:38
Yangiliklar
Tennis
Final oldidan: Jokovich va Medvedev o'rtasidagi o'zaro hisob-kitob qanday?
AQSH Ochiq chempionati finalida serbiyalik Novak Jokovich rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.
Bugungi final tennischilar uchun o'zaro birinchi to'qnashuv emas. Ular bungacha o'zaro sakkiz marotaba o'ynashgan.
Tennischilar o'rtasidagi statistika quyidagicha ko'rinish olgan:
O'zaro o'yinlar: 5:3 Jokovich foydasiga
Xard kortdagi statistika: 4:2 Jokovich foydasiga
"Ulkan toj"larda: 2:0 Jokovich foydasiga
Oxirgi o'yinda: Jokovich g'alaba qozongan (Avstraliya Ochiq chempionatida)
Besh setli o'yinlarda: Jokovich ustun (3:0)
Eslatib o'tamiz, final o'yini bugun tunda (O'zbekiston vaqti bilan 12 sentyabrdan 13 sentyabrga o'tar kechasi) soat 01:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar