08 iyu 09:19
Yangiliklar
Tennis
Finalchilar malum, qozog'istonlik tennischi "Uimbldon"da bosh sovrin uchun o'ynaydi
"Uimbldon" turnirida ayollar o'rtasidagi bellashuvlarning yarim finallari o'z nihoyasiga etdi.
Dastlabki yarim finalda tunislik Ons Jaber germaniyalik Tatyana Mariyaga qarshi o'yin o'tkazdi va 6:2, 3:6, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ikkinchi juftlikda esa Qozog'iston vakilasi Elena Ribakina ruminiyalik Simona Xalepni 6:3, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi ertaga o'tkaziladigan finalda Ons Jaber va Elena Ribakina bosh sovrin uchun kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar