So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

12 jan 10:28
Yangiliklar

Futbol

Finalda "Barselona"ga yutqazgan Alonso o'yindan so'ng nimalar dedi?

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Superkubok finalidagi mag'lubiyatga izoh berdi.

"Barqarorlikda, bu juda qizg'in, raqobatbardosh va qiziqarli o'yin bo'ldi. Oxirida bizda ikkita juda yaxshi imkoniyat bo'ldi, hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldik. Ammo natija biz kutgandek bo'lmadi, bugungi g'alaba bilan "Barselona"ni tabriklaymiz.

So'nggi 15 daqiqada ko'p narsa yuz berdi. Biz o'yinni yaxshi nazorat qildik. To'p nazorati bizda bo'lmasa-da, eng qulay ikki imkoniyatni yuzaga keltirdik. Birinchi golni o'tkazib yubordik, lekin jamoa xarakter ko'rsatdi. Tanaffusga 2:2 hisobida chiqdik, ikkinchi bo'lim juda qizg'in va teng kurashlar ostida o'tdi. Biz hisobni tenglashtirishga harakat qildik, lekin buning imkoni bo'lmadi.

Endi bu sahifani imkon qadar tezroq yopishimiz kerak. Oldinga yurishimiz, futbolchilarni o'yinga qaytarishimiz, kurash ruhini tiklashimiz va yo'lda davom etishimiz kerak", — deya fikr bildirdi Alonso.


Avvalroq, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham final uchrashuvi haqida gapirgandi.

"Bu muhim final edi. "Real"ga qarshi o'yinlar har doim ajoyib bo'ladi. Biz aynan xohlaganimizdik o'ynadik. Yigitlar bilan faxrlanaman, biz juda yaxshi o'ynadik, to'pni va o'yinni nazorat qildik. Oqibatda butun jamoa biz xohlagan tarzda o'ynadi. Oxirigacha qiyin bo'ldi, lekin biz jamoa sifatida kurashdik — bu juda tasirli.

Rafinya? Uning mentaliteti hayratlanarli, bizda boshqa o'yinchilar bor, lekin u butun jamoaga tasir qiladi. U birinchi imkoniyatni qo'ldan boy berdi, lekin ikkinchisidan foydalanib, bizga ustunlikni berdi. O'zingiz ko'rganingizdek, biz juda katta bosim ostida edik", — deya fikr bildirdi germaniyalik mutaxassis.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing