18 iyu 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Firuza SHaripova qaytganidan so'ng boshqa promouterlar bilan shartnoma imzoladi
Qozog'istonlik bokschi, jahon chempioni Firuza SHaripova Rossiyaning Ratel Pro Fight kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqida promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
SHartnoma bir yilga mo'ljallangan va unga ko'ra SHaripova to'rtta jang o'tkazadi. SHartnoma yana shunday kelishuv bilan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, SHaripova navbatdagi jangini 19 iyul kuni Kazanda o'tkazadi. O'sha kuni u rossiyalik Sofiya Ochigavaga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar