13 fev 10:40
Yangiliklar
Flik "Atletiko"dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan so'ng: "Jamoa yosh, ammo bahona izlayotganim yo'q"
"Birinchi bo'limda biz juda yomon o'ynadik, jamoa sifatida harakat qila olmadik. Oramizdagi uzilish juda katta edi. Biz pressing qilmadik. Ilk 45 daqiqada muhim saboq oldik. O'yinning yakuni ancha yaxshi o'tdi. Oldimizda yana ikki bo'lim bor va biz kurashamiz. Agar har bir bo'limda 2:0 hisobida g'alaba qozonsak, uyda muxlislarimiz yordami kerak bo'ladi.
Men jamoadan norozi emasman. Jamoaning mavsumidan mamnunman. Bizda jarohatlar ko'p bo'ldi. Mag'lubiyat — o'yinning bir qismi. Bu og'riqli mag'lubiyat bo'ldi, ammo jamoam bilan faxrlanaman. Biz bu holatdan saboq chiqarishimiz shart. Raqib gol urishga ko'proq ishtiyoq bilan harakat qildi. Men ham aynan shuni istayman. Ilk 45 daqiqada buni amalga oshira olmadik. Jamoa yosh, ammo men bahona izlayotganim yo'q", — dedi mutaxassis.
Javob uchrashuvi 3 mart kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar