28 sen 17:40
Yangiliklar
Futbol

Flik "Barselona" muxlislarini xursand qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Lamin Yamalning maydonga qaytishiga oz qolganini aytdi.
"Uning "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda mavjud bo'lishidan xursandmiz. Agar u zaxira o'rindig'ida bo'lsa, demak, u har daqiqada tayyor", - dedi germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
18 yoshli ispaniyalik futbolchi so'nggi bor 2025 yilning 31 avgust kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi. U jarohati tufayli qolgan o'yinlarni o'tkazib yubordi.
"Barselona" 28 sentyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida safarda "Real Sosedad"ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : fcbarcelona.com
Fikrlar