11 mar 15:09
Yangiliklar
Futbol
Flik kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik: to'pni ko'p yo'qotdik va imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. Raqibda tezkor o'yinchilar ko'p, lekin men himoyamizdan mamnunman. O'yin shiddatli o'tdi. Biz ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, ko'p qoidabuzarliklarga yo'l qo'ydik va to'pni yo'qotdik.
Biz o'zimizga kelishimiz kerak: yakshanba kuni yangi o'yinimiz bor, ushbu o'yindan oldin bizda dam olish va tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt bor", - deya Flikning so'zlarini keltiradi Marca.

Havola :
Fikrlar