29 sen 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer: “Men endi milliarderman, bu pullarni osonlik bilan topdim”
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, engilmas bokschi Floyd Meyvezer milliarder darajasiga etganligini malum qildi.
Amerikalik bokschi yaqinda Konor Makgregorga qarshi boks qoidalari asosida kechgan jangda yaxshigina pul ishlab oldi. Aynan mana shu jangdan kelgan daromad evaziga Floydning boyligi milliard dollardan oshdi.
“Men milliard dollar ishlab topib ulgurdim. Bunga osonlik bilan erishdim. Bizda muammolar ko'p, lekin pul masalasida bunday fikrda emasman”, – dedi Meyvezer.
Takidlash joiz, Floyd
Meyvezer Konor Makgregorga qarshi kechgan jangdan kamida 300 million dollar ishlab
oldi. Konor bilan jangga qadar Floydning moliyaviy holati 700 million dollar
atrofida baholangan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar