11 apr 08:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer yangi faoliyat boshlamoqchi ekanligini aytdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer kelajakda murabbiy bo'lmoqchi.
"Birinchi kuni o'zimning 14 yoshli jiyanimni shug'ullantirmoqdaman. U boksda umuman tajribaga ega emas. Hayotimda ikkinchi marotaba "lapa" ushlamoqdaman - birinchisida katta o'g'limni shug'ullantirgandim.
Ko'pchilikka malum, menda ajoyib murabbiylar bo'lgan, shu jumladan otam va amakim ham. Yaqinda amakim Rojerning vafot etganidan so'ng menda bir istak paydo bo'ldi - men ham yaqinlarimga huddi faoliyatimda menga yordam berganlaridek yordam berish.
Jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'lishga vada beraman", - deb malum qildi Meyvezer Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar